NUR
Zafaniyo 2
1Esingni yig‘ib olgin, Ey sharmanda xalq! Shamol uchiradigan somonday Yo‘q bo‘lib ketmasingdan oldin, Egamizning alangali qahriga Uchramasingdan oldin, Egamizning g‘azab kuni Kelmasidan oldin esingni yig‘ib olgin!
2Egamizning amrlariga itoat qiladigan, Ey yurtning kamtarin odamlari, Egamizga intilinglar. To‘g‘rilikka bog‘lanib, Mo‘min–qobillik payida bo‘linglar. Shundagina Egamizning g‘azab kunida Jazodan qutulib qolishingiz mumkin.
3G‘azo shahri huvullab qoladi, Ashqalon shahri vayron bo‘ladi. Ashdod aholisi kunning tush paytigacha haydab chiqariladi, Exron shahri tag–tugi bilan yo‘q qilinadi.