NUR
Zabur 8
Ijrochilar rahbariga. Soz jo‘rligida. Dovud sanosi.
1Ey Egam, bizning Rabbimiz! Butun yer yuzida Sening noming ulug‘vordir! Osmondan ham yuksakdir Sening shuhrating!
2Dushmanlaringning, qasoskorlarning Ovozini o‘chiray, deya Sen bolalar va chaqaloqlarni O‘z qudratingni so‘ylashga o‘rgatding.
3Qo‘llaring ijodi bo‘lgan osmoningga qaradim, O‘zing joylashtirgan yulduzlaru oyga boqdim.