NUR
Zabur 79
Ijrochilar rahbariga. “Nilufar gullar” kuyiga aytilgan. Osifning guvohligi. Sano.
1Tingla bizni, ey Isroilning Cho‘poni, Yusuf naslini qo‘y suruviday yetaklab chiqqan Sensan, Karublar o‘rtasida taxt qurgansan, Efrayim, Benyamin, Manashe oldida nuringni soch. Qudratingni ko‘rsat, bizni qutqargani kel.
2Ey Xudo, bizni oldingi holimizga qaytargin, Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.
3Ey Parvardigori Olam — Egamiz, Qachongacha g‘azablanib, ibodatimizni rad etasan?