NUR

Zabur 78

Osifning sanosi.

1Ey Xudo, begona xalqlar Tanlagan yurtingni bosib oldi, Ular Muqaddas Ma’badingni bulg‘adi, Quddusni vayronaga aylantirdi.

2Biz qullaringmiz. Ular qullaringning jasadlarini Qushlarga yemish qilib berdilar. Taqvodor xalqingning etini Zamindagi yovvoyi hayvonlarga berdilar.

3Quddus atroflarida ular qonimizni suvday to‘kdi, Jasadlarni dafn qilishga biron zot qoldirmadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →