NUR
Zabur 124
Ziyorat qo‘shig‘i.
1Egamizga umid bog‘laganlar Sion tog‘iga o‘xshar, Hech qachon tebranmas, to abad mustahkam turar.
2Tog‘lar Quddusni o‘raganday, Hozirdan boshlab to abad Egamiz O‘z xalqini o‘rab olgandir.
3Fosiq shohning saltanat hassasi Doimo solihlarning yurtida qolmaydi. Bo‘lmasa solihlar qo‘llarini yomon ishlarga uzatadi.