NUR
Levilar 25
1Egamiz Muso orqali Isroil xalqiga Sinay tog‘ida shunday dedi: “Men sizlarga berayotgan yurtga kirganingizdan keyin, har yettinchi yili yeringizga dam bering.
2Olti yil davomida dalalaringizga ekin ekinglar, uzumzorlaringizni butab, hosilini yig‘inglar.
3Yettinchi yili esa yer to‘liq dam olsin, Men, Egangizga bag‘ishlangan yil bo‘lsin. Shu yili dalalaringizga ekin ekmanglar, uzumzoringizni xomtok qilmanglar.