NUR
Yoshua 24
1Keyin Yoshua barcha Isroil qabilalarini, ularning oqsoqollari, boshliqlari, hakamlari va nazoratchilarini Shakamga chaqirtirdi. Ular Xudoning huzuriga keldilar.
2Yoshua butun xalqqa shunday dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Qadimda sizlarning ajdodlaringiz, jumladan, Terah va uning o‘g‘illari Ibrohim hamda Naxo‘r Furot daryosining narigi tomonida yashaganlar. Ular boshqa xudolarga xizmat qilganlar.
3Men sizlarning ota–bobongiz bo‘lgan Ibrohimni Furotning narigi tomonidagi yerdan olib, butun Kan’on yurti bo‘ylab boshlab bordim. Ibrohimning naslini ko‘paytirdim. Ibrohimga Is’hoqni berdim.