NUR
Yeremiyo 48
1Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam Mo‘ab haqida shunday demoqda: “Navo aholisining holiga voy! Ularning shahri xarob bo‘ladi. Xiratayim sharmandalarcha mag‘lub bo‘ladi, Uning qal’asi uyatga qoladi, Yer bilan yakson qilinadi.
2Mo‘abning dovrug‘idan asar ham qolmaydi. Dushman Xashbon shahrini qo‘lga kiritadi, Mo‘ab xalqini ildizidan quritishni reja qiladi. Madmon shahrida sukunat hukm suradi, Qilich uning iziga tushadi.
3Ana, Xo‘ronaymdan faryod eshitilmoqda! “Xonavayron bo‘ldik!” deya xitob qilishmoqda.