NUR
Yeremiyo 27
1Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyo Yahudoda hukmronlik qilayotgan ilk davrida, Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi.
2Egamiz menga shunday dedi: “Yog‘ochdan bir bo‘yinturuq yasa, qayishlar yordamida uni gardaningga osib ol.
3So‘ng esa Quddusga — shoh Zidqiyo huzuriga kelgan elchilar orqali Edom, Mo‘ab, Ommon, Tir va Sidon shohlariga xabar jo‘nat.