NUR
Ishayo 23
1Tir haqida bashorat. Ey Tarshish kemalari, faryod qiling! Endi yo‘q boshpanangiz! Kipr sohilida eshitgan xabarlar. Mana, ularning hammasi ravshan.
2Sukut saqlang, ey orol xalqi! Ey Sidon savdogarlari! Bir paytlar kemalarga to‘la edingiz.
3Shixor doni, Nilning hosili Tirning daromadi bo‘lgan edi, U elatlardan foyda qilardi.