NUR
Xo'sheya 9
1Ey Isroil, bas qil shodligingni! Boshqa xalqlarday nishonlading sen bayramingni! Sen Xudoga bevafolik qilding. Baalga fohishaday sajda etding, Olgan hosilingni Baaldan to‘lov deb bilding.
2Endi xirmonu sharob meshlaring senga yetarlicha ozuqa bermas, Yangi sharobing chanqog‘ingni bosmas.
3Sen Egamizning yurtida qolmaysan, Misrga qaytib ketasan. Ossuriyada xarom ovqat yeysan.