NUR
Xaggey 1
1Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yil, oltinchi oy, birinchi kuni edi. Yahudo hokimi — Shaltiyol o‘g‘li Zarubabelga va oliy ruhoniy — Yohuzadax o‘g‘li Yoshuaga payg‘ambar Xaggey orqali Egamiz quyidagi so‘zlarini ayon qildi:
2— Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Bu xalq: ‘Hali Egamizning uyini qurishning vaqti kelgani yo‘q’, deb aytadi.
3Ey, Isroil xalqi, Mening uyim vayron bo‘lib yotganda sizlarga hashamatli uylarda yashashning vaqtimi?!”