NUR
Hizqiyo 40
1Surgun bo‘lgan paytimizning yigirma beshinchi yili birinchi oyning o‘ninchi kunida Quddus qulaganiga o‘n to‘rt yil bo‘lgan edi. O‘sha kuni Egamizning qudrati meni qamrab olib, ko‘tarib ketdi.
2Vahiyda Xudo meni Isroil yurtiga olib borib, juda baland bir tog‘ning ustiga turg‘izib qo‘ydi. U yerdan men janub tomonda joylashgan shaharga o‘xshash bir nechta binoni ko‘rdim.
3Xudo meni o‘sha yerga yaqinroq olib borganda, men darvoza yonida turgan bir odamni ko‘rib qoldim. O‘sha odamning butun vujudi yarqiroq misday tovlanib turar edi. Uning qo‘lida o‘lchov asboblaridan zig‘ir arqon va chizg‘ich bor edi.