NUR
Hizqiyo 37
1Egamizning qudrati meni qamrab oldi. Egamizning Ruhi meni ko‘tarib, vodiyning o‘rtasiga qo‘ydi. Vodiy suyaklarga to‘la edi.
2Ruh meni vodiydagi bir dunyo suyaklar orasida aylantirib yurdi. Suyaklar qurib ketgan edi.
3Ruh menga: — Ey inson, bu suyaklar tirilishi mumkinmi? — deya savol berdi. — Yo Egam Rabbiy, bunisi yolg‘iz O‘zingga ayon, — deya javob berdim men.