NUR

Chiqish 5

1Shundan keyin Muso bilan Horun fir’avn huzuriga borib, unga shunday dedilar: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Xalqimga ijozat ber, ular sahro ichkarisiga borib, Menga atab bayram nishonlashsin.”

2Fir’avn esa: — Egangiz kim o‘zi?! Uning so‘ziga kirib Men Isroil xalqini qo‘yib yuboraymi?! — dedi. — Egangizni tanimayman, Isroil xalqining ketishiga esa ijozat bermayman.

3Shunda Muso bilan Horun: — Ibroniylarning Xudosi bizga O‘zini zohir qildi, — deb javob berishdi. — Ijozat ber, sahroda uch kun yo‘l yurib borib, Egamiz Xudoga qurbonliklar keltiraylik. Aks holda, U bizni yo o‘latga mubtalo qiladi, yoki qilichning damiga ro‘para qilib jazolaydi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →