NUR

Qonunlar 1

1Mazkur kitobda Musoning Isroil xalqiga aytgan nutqi bayon qilingan. U bu nutqini Iordan daryosining sharq tomonidagi cho‘lda aytgan edi. Bu cho‘l Suf degan joyning qarshisida joylashgan bo‘lib, uning bir tomonida Poron shahri, qarama–qarshi tomonida Tofal, Lobon, Xazero‘t va Dizaxab shaharlari bor edi.

2(Sinay tog‘idan Kadesh–Barnagacha Seir tog‘lari bo‘ylab o‘n bir kunlik yo‘ldir.)

3Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, qirqinchi yilning o‘n birinchi oyi birinchi kunida Muso ularga Egamizning amr etgan so‘zlarini aytdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →