NUR

Doniyor 12

1Farishta gapini davom ettirdi: “O‘sha paytda xalqingni himoya qiluvchi buyuk Mikoyil farishta hozir bo‘ladi. Shunda insonlar birlashib xalq bo‘lgandan beri misli ko‘rilmagan dahshatli azob–uqubatlar davri boshlanadi. Ammo o‘sha damlarda sening xalqing orasidan Xudoning kitobiga ismi yozilgan har bir odam najot topadi.

2Qora yer bag‘rida yotganlarning ko‘pchiligi uyg‘onadi: kimdir abadiy hayotga erishadi, kimdir sharmandaligu abadiy isnodga duchor bo‘ladi.

3Donolar musaffo osmon kabi yashnaydilar, odamlarni haq yo‘lga solganlar esa yulduzlar kabi mangu porlayveradilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →