NUR

4 Shohlar 11

1Otaliyo o‘z o‘g‘li shoh Oxaziyoning o‘ldirilganini eshitgach, Yahudoda Oxaziyoning jamiki urug‘ini qirib tashlashga kirishdi.

2Shohning hamma o‘g‘illarini o‘ldirish rejalashtirilgan edi. Shoh Yohuramning Yohusheva degan qizi bor edi. Yohusheva Oxaziyoga o‘gay singil edi. Yohusheva Oxaziyoning o‘g‘li Yo‘shni shohning o‘g‘illari orasidan bildirmasdan olib qochdi. Uni, enagasi bilan birga, Egamizning uyidagi yotoqxonaga yashirdi. Bola Otaliyodan yashirinib, tirik qoldi.

3Otaliyo yurtni boshqargan paytda, bola olti yil davomida Egamizning uyida enagasi bilan birga yashirinib yurdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →