NUR
1 Shohlar 20
1Dovud Ramadagi Noyo‘t mahallasidan qochib, Yo‘natanning oldiga keldi. — Men nima qilibman? Aybim nima? Otangga qarshi nima gunoh ish qilibmanki, meni o‘ldirmoqchi bo‘ladi? — dedi Dovud unga.
2— Xudo saqlasin, o‘lmaysan! — dedi Yo‘natan. — Otam meni xabardor qilmay, xoh muhim bo‘lsin, xoh muhim bo‘lmasin, biror ish qilmaydi. Nimaga endi buni mendan yashirsin?! Hech narsa bo‘lmaydi.
3Dovud yana ont ichib dedi: — Sen meni yaxshi ko‘rasan, buni otang ham yaxshi biladi. Yo‘natan nima qilishimni bilmay qo‘ya qolsin, aks holda azob chekadi, deb o‘ylaydi. Xudo shohid! Jar yoqasida turibman.