NUR

Zakariyo 13

1Sarvari Olam shunday aytmoqda: “O‘sha kuni Dovud avlodi va Quddus aholisi uchun bir favvora ochiladi. Bu favvora ularning barcha gunohlari va nopokliklarini tozalaydi. O‘sha kuni Men bu yurtdan barcha butlarni yo‘q qilaman. Hatto ularning nomlari ham unutiladi. Men bu yurtdan yana soxta payg‘ambarlarni va ularni ilhomlantiradigan nopok ruhni olib tashlayman.

2Agar yana soxta payg‘ambar chiqsa, o‘z ota–onasi unga shunday deydi: — Sen endi yashamaysan, chunki sen Egamiz nomidan yolg‘on gaplarni gapiryapsan. O‘sha payg‘ambar yana bashorat qilganda o‘z tuqqan ota–onasi uni nayza sanchib o‘ldiradi.

3O‘sha kuni payg‘ambarlarning har biri o‘zlarining bashoratlaridan uyatga qoladilar. Ular endi xalqni aldab payg‘ambarlarning junli kiyimlarini kiymaydilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →