NUR
Titusga 3
1Sen jamoatdagilarga eslatib tur: ular davlat boshliqlariyu hokimlarga bo‘ysunsinlar, itoat etib, har qanday xayrli ishga tayyor bo‘lsinlar.
2Hech kimni yomonlamasinlar, janjallashmasinlar, boshqalarga nisbatan doim muloyim va mehribon bo‘lsinlar.
3Bir vaqtlar bizlar ham fahmsiz, itoatsiz, adashgan odamlar edik, har xil zavqu ehtiroslarning quli bo‘lib, gina–kudurat va hasadgo‘ylik bilan kun kechirardik, bir–birimizdan nafratlanadigan razil odamlar edik.