NUR
Vahiy 4
1Shundan keyin men osmonda lang ochiq bir eshikni ko‘rdim. Ilgari menga gapirgan karnay sadosiga o‘xshash o‘sha ovoz yana eshitildi. U shunday dedi: “Bu yoqqa chiq, bundan keyin nima yuz berishini senga ko‘rsataman.”
2Shu payt Muqaddas Ruh meni qamrab oldi. Men osmonda turgan bir taxtni ko‘rdim, unda bir Zot o‘tirar edi.
3O‘tirgan Zotning qiyofasi qimmatbaho yashma va la’l toshlariday yarqirardi. Taxt atrofida zumrad tusidagi kamalak jilvalanardi.