NUR
Vahiy 2
1“Efesdagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Yetti yulduzni o‘ng qo‘lida Tutguvchi, yettita oltin chiroqpoya orasida Yuruvchi shunday demoqda:
2Sening ishlaring, mehnating, bardoshingni bilaman, badkirdorlarga toqat qilmasligingni ham bilaman. Havoriy bo‘lmagan holda o‘zlarini havoriy deb aytganlarni sen sinading, ularning yolg‘onini fosh qilding.
3Ha, bardoshlisan. Mening nomim uchun ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirib, holdan toymading.