NUR

Vahiy 17

1Yettita kosani tutgan yetti farishtadan biri kelib, menga shunday dedi: “Bu yoqqa kel, men senga mashhur fohishaning oladigan jazosini ko‘rsataman. Fohisha timsolidagi bu buyuk shahar serob suvlar bo‘yida joylashgan.

2Yer yuzining shohlari u bilan zino qilardi, yer yuzida yashayotganlar uning fahshu zino sharobidan ichib, mast bo‘lardi.”

3Muqaddas Ruh meni qamrab oldi, farishta meni cho‘lga olib bordi. U yerda men qip–qizil mahluq ustida o‘tirgan bir ayolni ko‘rdim. Mahluqning hamma yog‘iga kufrona nomlar yozilgandi, uning yettita boshi va o‘nta shoxi bor edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →