NUR
Vahiy 13
1Ajdaho dengizning qum sohiliga borib turdi. To‘satdan men dengizdan bir mahluq chiqib kelganini ko‘rdim. Uning yettita boshi va o‘nta shoxi bor edi. Har bir shoxiga bittadan toj kiydirilgan, har bir boshiga esa kufrona nom yozilgandi.
2Men ko‘rgan bu mahluq qoplonga o‘xshardi. Oyoqlari ayiqning oyog‘iga, og‘zi esa sherning og‘ziga o‘xshar edi. Ajdaho bu mahluqqa o‘z qudrati, taxti va buyuk hokimiyatini berdi.
3Mahluqning boshlaridan biri davolab bo‘lmaydigan darajada qattiq yaralangan edi. Ammo uning bu yarasi sog‘ayib qoldi. Shunda butun jahon hayratda qolib, mahluqqa ergashdi. Odamlar ajdahoga sajda qilishdi, chunki ajdaho mahluqqa o‘z hokimiyatini berdi.