NUR
Zabur 52
Ijrochilar rahbariga. “Qayg‘u–alam” kuyiga aytilgan. Dovud qasidasi.
1Ahmoqlar o‘z ko‘nglida: “Xudo yo‘q”, deydi. Ular buzuqlardir, qilmishi jirkanch ishlardir, Yaxshilik qiluvchi biron zot yo‘qdir.
2“Idrokli biron zot bormikan? Bormikan Menga yuz burgan”, deya Insonga Xudo osmondan boqar.
3Hammasi yo‘ldan ozgan, birday buzilgan, Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yo‘qdir, Hatto bironta ham yo‘q!