NUR
Zabur 132
Dovudning ziyorat qo‘shig‘i.
1Naqadar yaxshidir, yoqimlidir Birodarlar birga ahil yashasalar.
2Ahillik Horunning boshiga surtilib, Soqoligacha oqib tushgan qimmatbaho moydaydir, Kiyimlari yoqasidan oqib tushgan moy kabidir.
3Sion tog‘lariga keladigan baraka Xermon tog‘idagi mo‘l shabnamga o‘xshaydi. Siondan Egamiz O‘z barakasini va abadiy hayotni beradi.