NUR
Zabur 100
Dovud sanosi.
1Sadoqatingni, adolatingni kuylayman, Seni, ey Egam, tarannum etaman.
2Benuqson hayot kechirishni o‘rganaman, Qachon bunga erishaman? Pok yurak ila o‘z uyimda umr kechiraman.
3Ko‘z oldimga birorta jirkanch narsa qo‘ymayman. Qing‘ir ishlardan nafratlanaman, Men ularga hech qo‘shilmayman.