NUR

Sahroda 20

1Birinchi oyda butun Isroil jamoasi Zin cho‘liga yetib keldi va Kadeshda o‘rnashdi. Maryam o‘sha yerda vafot etib, dafn qilindi.

2U yerda jamoa uchun ichishga suv yo‘q edi. Shu sababli xalq Muso bilan Horunga qarshi yig‘ilib,

3Musoga ta’na qila boshlashdi: — Biz ham qarindoshlarimiz bilan birga Egamiz oldida qirilib ketsak bo‘lmasmidi–ya!

Nur ilovasida to'liq o'qish →