NUR

Sahroda 18

1Egamiz Horunga dedi: “Sen, o‘g‘illaring va butun Levi qabilasi Muqaddas chodirga nisbatan qilingan har qanday ayb uchun javobgar bo‘lasizlar. Ruhoniylik xizmatida yo‘l qo‘yilgan ayblar uchun esa faqatgina sen va o‘g‘illaring javobgar bo‘lasizlar.

2Qabiladosh levi birodarlaringni yoningga ol. Sen o‘g‘illaring bilan Muqaddas ahd chodirida xizmat qilayotganingda ular sizlarga yordam berishadi.

3Levilar sizlarning nazoratingiz ostida xizmat qilib, Muqaddas chodirga oid barcha yumushlarni bajarishadi. Lekin ular muqaddas jihozlarga va qurbongohga zinhor yaqinlashmasinlar, aks holda ular ham, sizlar ham halok bo‘lasizlar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →