NUR
Sahroda 1
1Isroil xalqi Misr yurtini tark etib, Sinay sahrosiga kelganiga ikki yilu ikki oy bo‘ldi. Ikkinchi oyning birinchi kunida Egamiz Uchrashuv chodirida Musoga shunday dedi:
2“Sen va Horun jamiki Isroil xalqini urug‘i, xonadoni bo‘yicha sanab chiqinglar. Urushga yaroqli bo‘lgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarni guruhlarga bo‘lib, nomma–nom ro‘yxatini tuzinglar.
3Har bir qabiladan bittadan urug‘boshi sizlarga yordam bersin.