NUR
Naximiyo 7
1Devor qurilib, men darvozalarning qanotlarini o‘rnattirib bo‘lganimdan keyin, Ma’bad darvozabonlari, qo‘shiqchilar va levilar tayinlandi.
2Men ukam Xoninni va qal’a qo‘mondoni Xanoniyoni Quddus ustidan hokimlar qilib tayinladim. Xanoniyo sodiq odam bo‘lib, boshqalarga qaraganda Xudodan qo‘rqardi.
3Men ularga shunday deb aytdim: “Kun issiq paytida Quddus darvozalarini ochiq qoldirmanglar. O‘sha paytda navbatchilikda turgan soqchilar darvozalarni berkitib, qulflab qo‘ysinlar. Quddus aholisi orasidan ham qo‘riqchilarni tayinlanglar. Ularning ba’zilari maxsus joylarni, boshqalari esa o‘zlarining uylari atrofini qo‘riqlashsin.”