NUR
Naximiyo 4
1Sanballat devorni qurayotganimizni eshitdiyu jahli chiqib, qattiq g‘azablandi. So‘ng yahudiylarni masxaralay boshladi.
2U sheriklarining va Samariya lashkarboshlarining oldida shunday dedi: “Bu ojiz yahudiylar nima qilyaptilar o‘zi?! O‘zlaricha devorni ta’mirlamoqchilarmi?! Bu ishni bir kunda bitirib, qurbonlik kuydirishni ham o‘ylayaptilar, shekilli–a?! Yonib bitgan vayronalardan toshlarga jon ato qilmoqchilarmi?!”
3Ommonlik To‘viyo Sanballatning yonida edi. U ham shunday dedi: “Ular qurayotgan bu devor ustiga hatto tulki chiqsa ham, devor qulab tushadi.”