NUR
Naxum 2
1Dushmanlar Isroil yurtini xarob qilgan, Uzumzorlarini payhon etgan. Biroq Egamiz tiklar Yoqub naslining ulug‘vorligini, Ha, Isroil xalqining buyukligini. Bosqinchi senga hujum qildi, ey Naynavo! Qani bo‘l, qo‘riqla qo‘rg‘onlaringni, Yo‘ldan uzma sen ko‘zingni. Yig‘ib olgin bor kuchingni, Jangga bog‘la belingni.
2Dushman sipohlarining qalqoni qizil, Jangchilarining kiyimi alvon, Jang kuni aravalari olovday chaqnar, Behisob nayzalari bosh uzra tebranib turar.
3Shahar ichida aravalar quturib yelar, Maydonlarni kesib u yoqdan–bu yoqqa o‘tar, Mash’alalarga o‘xshab yonib turar, Yashin tezligi bilan uchar.