NUR
Matto 12
1Oradan ko‘p o‘tmay Iso Shabbat kuni bug‘doyzordan o‘tib borayotgan edi. Och qolgan shogirdlari boshoqlardan uzib, donlarini yeyardilar.
2Farziylar buni ko‘rib, Isoga: — Qara, shogirdlaring Shabbat kuni qonunga xilof ishni qilyaptilar! — deyishdi.
3Iso ularga dedi: — Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilganini nahotki sizlar hech o‘qimagan bo‘lsangizlar?!