NUR

Malaki 2

1Sarvari Olam shunday deydi: “Ey ruhoniylar, endi sizlarga amrim shudir: Menga quloq soling. Chin yurakdan nomimni ulug‘lang. Aks holda ustingizga la’natlar yog‘diraman, barakalaringni la’nati qilaman. Darvoqe, barakalaringni la’natlab bo‘ldim ham, chunki birontangiz ogohimga e’tibor bermadingiz.

2Men farzandlaringizni jazolayman. Qurbonliklaringiz axlatini betlaringizga sochaman, sizlarni huzurimdan chiqarib yuboraman.

3Shunda bu amrni sizlarga Men berganimni bilib olasizlar. Men bu amr orqali ota–bobongiz Levi va uning nasllari bilan tuzgan ahdimni mustahkam qilmoqchi edim, — deydi Sarvari Olam.

Nur ilovasida to'liq o'qish →