NUR

Malaki 1

1Bashorat. Malaki payg‘ambar orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi so‘zlarni ayon qildi.

2Egamiz shunday deydi: — Men sizlarni sevdim. Sizlar esa: “Bizga sevgingni qanday namoyon qilding?” deb so‘raysizlar. Esov Yoqubning akasi emasmidi?! — deydi Egamiz. — Shunday bo‘lsa–da, Men Yoqubni yaxshi ko‘rib,

3Esovdan nafratlandim. Esovga berilgan qirlarni xarob qildim, meros bo‘lgan o‘sha yerlarini chiyabo‘rilarga berdim.

Nur ilovasida to'liq o'qish →