NUR
Luqo 11
1Bir payt Iso ibodat qilayotgan edi. Ibodatni tamom qilgach, shogirdlaridan biri Unga dedi: — Hazrat! Yahyo o‘z shogirdlariga ibodat qilishni o‘rgatgandi. Siz ham bizga ibodat qilishni o‘rgating.
2Iso ularga dedi: — Ibodat qilayotganingizda shunday deb aytinglar: Ey Otamiz! Sening muqaddas noming ulug‘lansin. Sening Shohliging kelsin.
3Kundalik rizqimizni bergin.