NUR
Luqo 10
1Shundan keyin Rabbimiz Iso yetmish ikki odamni tanlab oldi. Ularni ikkita–ikkita qilib, borishni mo‘ljallagan har bir shaharga, har bir joyga O‘zidan oldin jo‘natdi.
2Iso ularga shunday dedi: — Hosil mo‘l, ammo ishchilar oz. Hosil Egasidan: “Hosilingni yig‘ib olishga yana ishchilar yubor”, deb so‘ranglar.
3Boringlar! Sizni bo‘rilar orasiga qo‘zilarday yuboryapman.