NUR
Yahudo 1
1Iso Masihning quli va Yoqubning ukasi men — Yahudodan, Xudoning xalqi bo‘lishga da’vat qilingan birodarlarga salom! Otamiz Xudo sizlarni Iso Masihning kelishiga qadar O‘z mehr–muhabbati panohida omon saqlaydi.
2Xudo sizlarga cheksiz marhamat, tinchlik va mehr–oqibat ato qilsin.
3Sevimli birodarlarim, men sizlarga hammamiz birgalikda bahra olayotgan najotimiz haqida yozishni juda xohlagan edim. Ammo buning o‘rniga sizlarni: “Imonimizni himoya qilaylik”, deb undamoqchiman. Axir, Xudo bu o‘zgarmas imonni aziz xalqiga to abad topshirgan.