NUR

Yoshua 7

1Ammo Isroil xalqi bag‘ishlangan narsalar haqida Egamiz bergan amrni buzdi. Oxun ismli bir kishi bag‘ishlangan narsalarning bir nechtasini olgan ekan. Oxun Yahudo qabilasidan bo‘lib, Zerax urug‘idan bo‘lgan Zimrining nevarasi, Karmining o‘g‘li edi. Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablandi.

2Shu orada Yoshua bir necha kishini tanlab, ularga: “Borib, Ay shahrini tekshirib kelinglar”, — dedi. Ay shahri Baytilning sharqida, Bayt–Obun yaqinida joylashgan edi. Ular borib, tekshirdilar.

3Qaytib kelib, Yoshuaga: “Hammamiz borishimiz shart emas, ikki — uch mingta odam chiqib hujum qilsa, bas. Ay aholisining soni kam, shuning uchun butun xalq u yerga borib ovora bo‘lmasin”, — dedilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →