NUR
Yoshua 2
1Yoshua Shitimdagi qarorgohdan ikki kishini yashirincha ayg‘oqchi qilib yubordi. Yuborishdan oldin ularga: “Borib, Kan’on yurtini, ayniqsa Yerixo shahrini yaxshilab ko‘rib kelinglar”, — dedi. Ular Yerixoga ketishdi. Borib, Rahoba ismli bir fohishaning uyiga kirib, o‘sha yerda tunab qolishdi.
2Yerixo shohiga: “Bugun kechqurun Isroil xalqidan bir nechtasi butun yurtimizni tekshirish uchun kelishibdi”, — degan xabar yetib bordi.
3Shunda shoh Rahobaga xabar yuborib: “Yurtimizni tekshirishga kelgan kishilar sening uyingga kiribdi. Endi ularni tashqariga olib chiq”, deb buyurdi.