NUR

Yoshua 16

1Yusuf avlodlariga berilgan ulushning janubiy chegarasi Yerixo shahrining yonidagi Iordan daryosidan, Yerixo bulog‘ining sharqidagi joydan boshlanadi. Keyin Yerixoning oldidan o‘tib, shimoli–g‘arbdagi Yahudo adirlari orqali qirlardagi Baytil shahrigacha cho‘ziladi.

2Keyin Baytil, ya’ni Luzdan ham o‘tib, Orx xalqiga tegishli bo‘lgan Otro‘t–Adargacha boradi.

3Chegara u yerdan g‘arbdagi Yaflet avlodining yerigacha cho‘zilib, pastki Bayt–Xo‘rongacha boradi. Keyin chegara Gezer shahrigacha borib, O‘rta yer dengizining oldida tugaydi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →