NUR
Yuhanno 7
1Shundan keyin Iso Jalilani keza boshladi. U Yahudiyani kezishni xohlamagan edi, chunki u yerdagi yahudiylar Uni o‘ldirishga qasd qilgan edilar.
2Yahudiylarning Chayla bayrami yaqinlashayotgan edi.
3Ukalari Isoga shunday deyishdi: — Bu yerdan chiqib Yahudiyaga boring. Qilayotgan ishlaringizni shogirdlaringiz ham ko‘rishsin.