NUR

Yuhanno 13

1Fisih bayramiga oz qolgan edi. Iso bu dunyoni tark etib, Otasi oldiga boradigan vaqt–soati kelganini bilar edi. U dunyodagi O‘zinikilarni yaxshi ko‘rar edi, ularni oxirigacha yaxshi ko‘rdi.

2Kechki ovqat payti edi. Shimo‘nning o‘g‘li Yahudo Ishqariyotning diliga iblis allaqachon Isoga xiyonat qilish niyatini solgan edi.

3Iso esa Otasi hamma narsani Uning qo‘liga berganini bilar edi, U Xudodan kelib, yana Xudoning oldiga qaytayotganini ham bilar edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →