NUR

Yuhanno 12

1Fisih bayramidan olti kun oldin Iso Lazarning qishlog‘i Baytaniyaga bordi. Iso o‘sha Lazarni o‘likdan tiriltirgan edi.

2O‘sha yerda Isoga ziyofat hozirladilar. Marta xizmat qilib yurgan edi, Lazar esa Iso va mehmonlar bilan birga dasturxon oldida yonboshlagan edi.

3Shu payt Maryam bir shisha toza sunbuldan ishlangan qimmatbaho atir moyini olib kelib, Isoning oyoqlariga surtdi, so‘ng sochlari bilan artdi. Uy atir moyining xushbo‘y hidiga to‘lib ketdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →