NUR
Ayub 32
1Shunday qilib, o‘sha uch kishi Ayubga boshqa gapirmadilar, chunki Ayub o‘z nazarida solih edi.
2Ammo Buz avlodining Ram xonadonidan bo‘lgan Boraxiyol o‘g‘li Elixuning jahli chiqdi. Ayub o‘zini oqlab, Xudoni ayblayotgani uchun undan qattiq g‘azablandi.
3U Ayubning uchala o‘rtog‘idan ham juda g‘azablandi, chunki ular Ayubning gapiga javob topib bera olmadilar. Natijada Xudo aybdorday bo‘lib qoldi.