NUR

Yeremiyo 50

1Egamiz Bobil yurti va Bobilliklarning diyori xususida Yeremiyo payg‘ambar orqali shunday so‘zlarni aytdi:

2“Xalqlarga e’lon qiling, xabar yetkazing! Bayroq ko‘tarib, yangilikni ayting. Hech narsa yashirmay shunday jar soling: “Bobil qulaydi, Ularning xudosi Bel sharmanda bo‘ladi, Xudosi Mardux parcha–parcha qilinadi. Bobil butlari xor bo‘ladi, Sanamlari sindirib tashlanadi.

3Shimoldagi bir xalq Bobil ustiga bostirib keladi. Ular butun yurtni vayron qilishadi. U yerda hech kim yashamaydigan bo‘ladi. Odamlar va hayvonlar u yerdan qochib ketadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →