NUR
Yeremiyo 5
1Egamiz shunday deydi: “Quddusning har bir ko‘chasiga kirib chiqinglar, Atrofingizga qarab, bilib olinglar, Shahar maydonlarida qidirib ko‘ringlar, Biron adolatli, rostgo‘y odam bormikan. Agar shunday odamni topib kelsangiz, Men Quddus aholisining gunohidan o‘taman.
2Ular “ Egamiz shohid!” deya qasam ichadilar, Ammo ichgan qasamlari yolg‘on.”
3Ey Egam, Sen haqiqatni izlaysan. Sen bu xalqni urgan eding, Ammo ular og‘riq sezmadilar. Ularni deyarli yo‘q qilib yuborganingda ham, Gapingga kirmadilar. Betlarini toshdan ham qattiq qildilar, Tavba qilishni xohlamadilar.