NUR
Yeremiyo 33
1Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda o‘tirganda, Egamiz unga ikkinchi marta O‘z so‘zini ayon qildi.
2Olamni yaratgan, yerga shakl berib o‘rnatgan, nomi Egamiz bo‘lgan Xudo shunday demoqda:
3“Menga iltijo qil, senga javob beraman. Sen hali bilmaydigan buyuk sirlarni senga aytaman.”